Eron raketa arsenalini qayta tikladi

Eron raketa arsenalini qayta tikladi

AQŞ razvedkasi maʼlumotlariga köra, Eron Hormuz böğozi böylab joylaşgan 30 ta va 33 ta raketa bazasiga operativ kiriş imkoniyatini qayta tiklagan. Bu haqda “ The New York Times” xabar berdi.


Eron hozirda Hormuz böğozi atrofidagi raketa bazalarining katta qismi faoliyatini qayta tiklagani aytilmoqda. Naşr manbalariga köra, uşbu bazalardan ayrimlari AQŞ harbiy kemalari va neft taşuvçi tankerlarga xavf tuğdirişi mumkin.

Naşrning yozişiça, Eron mobil raketa qurilmalaridan ham foydalaniş imkoniyatiga ega bölib, ularni boşqa hududlarga ham köçirişi mumkin. Bazalarning ayrimlari şikastlangan bölsa-da, faqat uçtasigina töliq yopiq holatda qolmoqda.

AQŞ harbiy razvedkasi bayonotiga köra, Eron mamlakat böylab raketa uçiriş qurilmalarining taxminan 70 foizini va uruşdan oldingi ballistik hamda qanotli raketalar zaxirasining 70 foizini saqlab qolgan.

Şuningdek, Tehron yerosti omborlari va raketa qurilmalarining 90 foiziga qayta kiriş imkoniyatini tiklagani, ularning aksariyati qisman yoki töliq işlayotgani qayd etilgan.

Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi havo-koinot kuçlari qömondoni Majid Musaviy 19 aprel kuni Eron raketa va dron uçiriş tizimlarini modernizatsiya qilişni tezlaştirganini maʼlum qilgan.


×