Özbekistonda har ming oiladan 175 tasi ajraşadi

Özbekistonda har ming oiladan 175 tasi ajraşadi

2025 yil holatiga köra, Özbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni taşkil etgan. Bu har 1000 ta nikohga örtaça 175 ta ajrim töğri kelişini anglatadi. Bu haqda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti xabar berdi.


Qayd etilişiça, mazkur körsatkiç xalqaro miqyosda past bölib, mamlakatda ajrimlar darajasi köplab davlatlarga nisbatan ança kam ekanini körsatadi. Jumladan, nikoh barqarorligi koeffitsiyenti Moldovada – 642,7, Ozarbayjonda – 431,9, Qozoğistonda – 328,2, Qirğizistonda esa – 289,6 promilleni taşkil etadi. Bu raqamlar bilan soliştirganda, Özbekistonda oila instituti nisbatan barqaror ekani namoyon böladi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Qaşqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida nikoh barqarorligi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Aksinça, Toşkent şahri, Sirdaryo va Toşkent viloyatida ajrimlar nisbatan yuqoriroq ekani kuzatiladi.

“Tahlillardan körinadiki, Özbekistonda ajrimlar darajasi xalqaro körsatkiçlarga nisbatan ança past bölib, bu jamiyatda oilaviy qadriyatlar ustuvor ekanini va nikohlar barqarorligini körsatadi”, deyiladi xabarda.


Teglar:
×