Özbekistonda yiliga 500 ming dona BYD işlab çiqariladi

Özbekistonda yiliga 500 ming dona BYD işlab çiqariladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi «BYD Uzbekistan Factory» zavodida amalga oşirilayotgan işlar va galdagi vazifalar haqida hisobot bilan tanişdi.

Mazkur korxona şu yil 27 iyun kuni davlatimiz rahbari iştirokida işga tuşirilgan edi. U BYD yengil avtomobillarini işlab çiqaruvçi Xitoydan taşqaridagi ilk zavod böldi.

Bugungi kunda BYD yangi energiya manbalarida harakatlanuvçi avtomobillar – elektromobillar va gibridlarni işlab çiqariş va sotiş böyiça dunyoda yetakçi kompaniya hisoblanadi. U eng yaxşi texnologik baza, innovatsion yeçimlar va sifat nazorati tizimlariga ega.

Özbekistonga bunday yirik kompaniyaning kirib kelişi, avvalo, mamlakatdagi jozibador investitsion muhit va siyosat, şuningdek, avtomobilsozlik sohasida muhandis kadrlar, işlab çiqariş bazasi, xomaşyo va logistika salohiyati borligi bilan boğliq.

«Özavtosanoat» aktsiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi mazkur investitsiya loyihasining dastlabki natijalari va uni kengaytirişga qaratilgan rejalar töğrisida axborot berdi.

Qayd etilganidek, töliq işlab çiqariş jaryonini işga tuşiriş doirasida Özbekiston korxonalari tomonidan plastik qismlar, oynalar, bamperlar, disklar va boşqa köplab komponentlar işlab çiqarilişi böyiça BYD sifat tizimiga mos kelişi uçun tahlil ötkazildi. 

Aholining yengil avtotransport vositalariga bölgan ehtiyojini qondiriş va ularning turlarini kengaytiriş maqsadida xitoylik hamkorlar bilan V, S va byudjet avtomobillari segmentidagi avtomobillar işlab çiqariş böyiça kelişuvlarga erişildi. Ularning birinçi namunalari xitoylik hamkorlar tomonidan zamonaviy standartlaştiriş tizimi sinovlarini ötkaziş uçun laboratoriyalarga topşirildi.

Şuningdek, zamonaviy texnologiya va standartlarni nafaqat işlab çiqariş, balki savdo, servis va kafolat yönalişlarida ham tatbiq etiş masalasi dolzarb bölib qolmoqda. Bu sifatsiz mahsulot çiqarilişining oldini oladi hamda avtotransportga yuqori sifatli servis va kafolatli xizmat körsatilişini taʼminlaydi.

BYD bilan hamkorlik mahalliy kadrlarni tayyorlaş va ularning malakasini oşirişni ham öz içiga oladi. Jizzaxdagi «BYD Uzbekistan Factory» kompaniyasiga malakali mutaxassislarni jalb qiliş maqsadida Jizzax politexnika instituti va Toşkentdagi Turin politexnika universiteti bilan birgalikda yuqori malakali mutaxassislarni öqitiş böyiça muhandislik öquv markazini taşkil qiliş rejalaştirilgan.

Taqdimotda işlab çiqariş hajmini belgilangan körsatkiçlarga yetkaziş hamda mahalliylaştiriş jarayonini jadallaştiriş çora-tadbirlari körib çiqildi.

Davlatimiz rahbari «BYD Uzbekistan Factory» qöşma korxonasi quvvatlarida işlab çiqarişni tezlaştiriş, hamkorlikning keyingi bosqiçlari böyiça strategiya işlab çiqiş, kelgusida işlab çiqariş quvvatini yillik 500 ming donaga yetkaziş va eksport bozorlariga çiqiş böyiça aniq vazifalarni qöydi.


×