Özbekistonda joriy yilning iyun oyining şu davriga qadar 1 605,4 gektar yer maydoni yoqib yuborilgan. Bu haqda sunʼiy yöldoşlar orqali ötkazilgan kosmik monitoringga tayanib, Uzcosmos agentligi xabar berdi.
Joriy yilgi kuzatişlarning dastlabki tahlillariga köra, mamlakat miqyosida 1 605,4 gektar maydon yoqilişi bilan boğliq 213 ta holat aniqlangan. Holatlar viloyatlar kesimida quyidagiça:
- Surxondaryo viloyatida 180 ta (1 324,8 gektar),
- Sirdaryo viloyatida 17 ta (135,2 gektar),
- Toşkent viloyatida 3 ta (58,2 gektar),
- Andijon viloyatida 3 ta (18,5 ga),
- Farğona viloyatida 4 ta (20,4 ga),
- Jizzax viloyatida 2 ta (21,3 ga)
- Buxoro viloyatida 4 ta (27,0 gektar).
Mazkur vaziyatlar böyiça tezkor axborotlar Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, Ekologiya, atrof – muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi hamda boşqa tegişli idoralarga yuborilgan.
Maʼlumot uçun, boşoqli don ekinlaridan böşagan maydonlarni tez va arzon yöl bilan yöq qilib yuborişga bölgan harakat Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 88-moddasi (Atmosfera havosini muhofaza qiliş talablariga rioya qilmaslik) 3-qismi bilan bazaviy hisoblaş miqdorining 10 barobarigaça (3 mln 750 ming söm) jarimalar qöllanilişiga sabab böladi. Zarar miqdori katta bölgan taqdirda hattoki jinoiy javobgarlikkaça olib borişi mumkin.
Qayd etiş joiz, 1 gektar yer maydonida boşoqli don poyasi yoqilganida, 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi gazi atmosferaga tarqaladi. Bu toza havoning ifloslanişi bilan birga inson organizmida sil va saraton kasalliklarini keltirib çiqarişi bilan xavflidir.









