Özbekistonda yil yakunigaça 2,4 milliard dollarlik 312 ta loyihani bajarib, 16 ming yuqori daromadli iş örni yaratiş, işlab çiqariş miqdorini 53 trillion sömga, eksportni 1,2 milliard dollarga yetkaziş möljallangan. Bu haqda bugun, 19 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan quriliş materiallari sanoatidagi işlar va asosiy vazifalarga oid taqdimotda söz boradi.
Qayd etilişiça, aholi soni ösib, urbanizatsiya kengayib borayotgani sifatli quriliş materiallariga talabni yildan yilga oşirayapti. Mos ravişda köplab loyihalar amalga oşirilib, hozirgi kunda 10 mingga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda.
“Bu yil birinçi çorakda işlab çiqariş 8 foizga, eksport esa 11 foizga ösdi. Investitsiya dasturi doirasida 500 million dollarlik 9 ta yirik loyiha işga tuşdi. Duşanbe, Qobul va Filadelfiya şaharlarida “Özbekiston savdo uyi” taşkil etildi.
Hali oldinda rejalar köp. Yil yakunigaça 2,4 milliard dollarlik 312 ta loyihani bajarib, 16 ming yuqori daromadli iş örni yaratiş, işlab çiqariş miqdorini 53 trillion sömga, eksportni 1,2 milliard dollarga yetkaziş möljallangan”, deyiladi xabarda.
Taqdimotda mutasaddilar Prezidentga uşbu körsatkiçlarga erişiş çora-tadbirlari yuzasidan axborot bergan. Davlat rahbari sohada sifat, tannarx va quriliş madaniyati eng dolzarb masala ekanini taʼkidlagan. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etib, mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoşligini oşiriş, yurtimizdagi bunyodkorlik işlarida ulardan kengroq foydalaniş vazifalari körsatib ötilgan.
“Bunga erişişda ilm-fan va amaliy işlanmalar muhim. Şu maqsadda soha böyiça “R&D” tadqiqotlar markazi oçildi, Germaniyadan maslahatçi jalb qilindi”, deyiladi xabarda.
Misol uçun, ariq va kanal yuzalari uçun öramli beton qoplamasi tayyorlaş texnologiyasi böyiça iş boşlangan. Natijada betonlaşga ketadigan vaqt va xarajat 10 foizga, suv sarfi 3-5 foizga kamayişi hisob-kitob qilingan.
Prezident geologiya va ilmga katta eʼtibor qaratib, içki va taşqi bozorlar uçun yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar yetkazib beriş zarurligini taʼkidlagan. Energiya va resurs sarfi yuqori yönalişlarni tahlil qilib, tejamkor innovatsion yeçimlarni qöllaş muhimligi qayd etilgan.
Ötgan yili tarmoqdagi yirik korxonalar energiya auditidan ötkazilganda 300 million kilovatt soat iqtisod qiliş imkoniyati aniqlangan. Bunday korxonalarda texnologiyani yangilaş hamda iş tartibini oqilona taşkil etiş orqali xarajatlarni kamaytiriş mumkinligi aytilgan.
“Şaffof quriliş” platformasida quriliş materiallari korxonalari reyestrini taşkil qilib, u orqali sifat nazoratini taʼminlaş vazifasi qöyilgan.









