Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasi Asaka tumani bölimi boşliği vazifasini bajaruvçi B.M,, fermer xöjaligi iş yurituvçisi X.X., dan 10 ming dollar pora olayotganda qölga tuşdi. Bu haqda Boş prokuratura 23 aprel kuni maʼlum qildi.
Rasmiy maʼlumotda aytilişiça, inspektsiya boşliği fermer xöjaligiga tegişli bölgan 44 gektar yerga qişloq xöjaligi mahsulotlari töliq ekilmagan va şuning uçun yerni tortib olib qöyişi mumkinligini aytib, fermerdan 10 ming dollar pora talab qilgan.
Fermer Andijon viloyat huquq-tartibot tuzilmalariga ariza bilan murojaat qilgan. Viloyat prokuraturasi departamenti va DXX tomonidan ötkazilgan qöşma amaliyot paytida inspektsiya rahbari 10 ming dollar pulni agroinspektsiyaning maʼmuriy binosi yonidagi qassobxona sotuvçisi orqali olayotganida qölga tuşgan.
“Mazkur holat yuzasidan B.M.,ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi rasmiy maʼlumotda.









