Xorazm va Farğona viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotmoqçi bölganlar qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼum qilinişiça, Xorazm viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmatining katta tezkor vakili Xiva şahri hududidan qişloq xöjaligi mahsulotlari ekiş uçun ajratilgan 12 sotix yer maydonida uy-joy quriş uçun hokimiyat idoralarida işlovçi mansabdor tanişlari orqali ruxsat olib beriş evaziga fuqarodan 30 ming AQŞ dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va Içki işlar vazirligining Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (pora beriş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Farğona viloyatida kuzatilgan holatda Buvayda tumanida yaşovçi, 1998 yilda tuğilgan şaxs 2006 yilda tuğilgan tanişi bilan til biriktirib, özi va 14 nafar yoşlarga dehqonçilik qiliş uçun davlat tomonidan imtiyozli şartlar asosida ajratilgan jami 3 gektar yer maydonini tanişlari orqali xaridor nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 115 mln söm talab qilib, 9500 AQŞ dollari va 700 ming söm olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Içki işlar organlari xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga çek qöyilgan.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 229-6-moddasi (suğoriladigan yer uçastkasiga yoki uning bir qismiga bölgan huquqni sotiş yoxud qonunga xilof ravişda boşqaça tarzda özga şaxsga beriş) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









