Buxoro viloyatining Peşku tumanida 290 gektar yer maydonini 600 ming dollarga sotmoqçi bölgan tadbirkor uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.
Maʼlum bölişiça, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida yaşovçi, 1973 yilda tuğilgan xususiy tadbirkor Buxoro viloyatining Peşku tumani hududidagi oltin va boşqa qimmatbaho metallarga ega bölgan davlat zaxirasidagi 290 gektar yer maydonini sotmoqçi bölgan. Tadbirkor özining mansabdor tanişlari yordamida auktsion savdolari orqali olib berişni vaʼda qilib, Şofirkon tumanida istiqomat qiluvçi, 1983 yilda tuğilgan fuqarodan 600 ming AQŞ dollari söragan.
DXX ning Buxoro viloyati böyiça boşqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uçun bir neça marotaba sudlangan mazkur şaxs oldindan 230 ming AQŞ dollari va 840 mln söm olgan paytda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan uşbu şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28-211-moddasi (pora beriş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan.









