Hokim yordamçisi 30 ming dollar pora bilan qölga tuşdi

Hokim yordamçisi 30 ming dollar pora bilan qölga tuşdi

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida hokim yordamçisi bölib işlagan şaxs 30 ming dollar pora olayotganda uşlandi. 

Qayd etilişiça, hokim yordamçisi fuqaroga tadbirkorlik uçun törtta savdo dökoni quriş uçun 210 kv.m hududni yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali auktsionda yutişini taʼminlaşi evaziga pul talab qilgan.

Ötkazilgan tezkor tadbirda u talab qilingan mablağni olayotganda uşlangan.

Taʼkidlanişiça, hokim yordamçisi muqaddam Jinoyat Kodeksining 167, 168, 205 va boşqa moddalari bilan 3 marotaba sudlangan şaxs hisoblanadi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasining 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi.

Teglar:
×