Özbekistondagi AES maydonçasida işlaşga qaror qilgan mahalliy va Rossiya-Özbekiston qöşma korxonalariga maksimal darajada imtiyozlar beriladi. Bu haqda bugun, 21 aprel kuni “Atomstroyeksport” AJ (“Rosatom”ning injiniring bölinmasi) vitse-prezidenti, Özbekistonda AES quriş loyihasi direktori Pavel Bezrukov Toşkentdagi “Innoprom. Markaziy Osiyo” körgazmasida maʼlum qildi.
“Yangiliklarni, “Rosatom” va mahalliy saytlarda xaridlarni qanday joylaştirişimizni diqqat bilan kuzatib borişingizni sörayman. Çunki biz uçun Özbekistonda işlab çiqarilişi mumkin bölgan resurs, uskuna va materiallar yetkazib beruvçilar, şu jumladan Rossiya bilan tuzilgan qöşma korxonalar juda zarur. Bunday kompaniyalarni jalb qiliş böyiça butun bir reja mavjud. Biz bu yerda işlaydiganlarga har tomonlama yordam beramiz. Tegişli ravişda, eng yuqori imtiyozlar aynan Özbekiston kompaniyalari yoki qöşma korxonalar uçun böladi”, deydi Bezrukov.
Uning sözlariga köra, bölajak atom stantsiyasining yöldoş şahri quriladigan aniq joy allaqaçon belgilangan, şaharning boş rejasi işlab çiqilgan, loyiha hujjatlari şakllantirilmoqda va investitsiyalarni jalb qiliş boşlangan.









