Xabaringiz bor, Söx tumanida qöşni davlat aholisi bilan kelişmovçilik yuzaga kelgandi. Uşbu nizoga Özbekiston musulmonlari idorasi munosabat bildirdi.
Şu yil 31 may kuni Özbekiston-Qirğiziston çegarasi “Çaşma” hududida ikki davlat aholisi örtasida kelişmovçilik yuz berdi. Şundan söng muhtaram Prezidentimiz topşiriği bilan Boş vazir Abdulla Aripov voqea joyiga tezkorlik bilan yetib bordi. Boş vazir u yerda Qirğiziston hukumati vakillari, mahalliy aholi bilan muloqot qilib, mavjud masala bartaraf etildi.

Allohga şukrki, uşbu muammoli vaziyat tezkorlik bilan öz vaqtida bartaraf etildi. Aslida, qadim-qadimdan bir daryodan suv içib, bir havodan nafas olgan ikki xalqning ildizi tutaşdir. Ikki mamlakat rahbarlarining mintaqamiz birligi yölida olib borayotgan amaliy saʼy-harakatlari maqsadlarimizni birlaştirişga xizmat qilmoqda.
Uşbu noxuş voqea böyiça ham Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev va Qirğiziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qilib, röy bergan hodisa bilan boğliq masalalar körib çiqildi va muhim çoralar amalga oşirildi.

MAʼLUMKI, ÖZBEK-QIRĞIZ XALQLARI QADIMDAN YAXŞI QÖŞNI BÖLIB, BIR BULOQDAN SUV IÇGAN OĞA-INILARDIR. YAXŞI QÖŞNIÇILIK INSONIY ALOQALARNI MUSTAHKAMLAŞGA, JAMIYATNI KUÇLI-QUDRATLI QILIŞGA XIZMAT QILADI. ISLOMDA QÖŞNIÇILIK ALOQASIGA ALOHIDA EʼTIBOR BERILGAN. QÖŞNIGA YAXŞILIK QILIŞ HAQIDA QÖPLAB TAVSIYALAR KELGAN. ABU ŞURAYH XUZOʼIYDAN RIVOYAT QILINADI: «NABIY SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM: «KIM ALLOHGA VA OXIRAT KUNIGA IYMON KELTIRGAN BÖLSA, QÖŞNISIGA YAXŞILIK QILSIN», DEDILAR» (IMOM BUXORIY RIVOYATI).
Qöşniga yaxşilik qiliş Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan kişining sifati, belgisi, alomati ekan. Kim Allohga iymon keltirgan bölsa, qiyomat kunidan umidvor bölsa, qöşnisiga yaxşilik qilişi lozim ekan.
ALLOH TAOLO QURʼONI KARIM: «ALLOHGA IBODAT QILINGLAR, UNGA HEÇ NARSANI ŞERIK QILMANGLAR, OTA-ONAGA YAXŞILIK QILING VA QARINDOŞLARGA, MISKINLARGA, ŞUNINGDEK, YETIMLARGA VA YAQIN QÖŞNIGA, YONINGIZDAGI QÖŞNIGA, YON QÖŞNIGA YAXŞILIK QILING», DEB MARHAMAT QILGAN.
Qöşniçilikka oid oyatlarning zikr qilinişi bu munosabatning nihoyatda jiddiyligidan dalolat beradi va bu maʼno quyidagi hadisi şarif bilan mustahkamlanadi. Payğambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Jabroil (alayhissalom) menga qöşni haqida şunçalik köp vasiyat qildi, qöşni qöşnisidan meros olarmikan, deb öylab qoldim”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Taʼkidlaş joizki, Özbekiston va Qirğiziston çegarasida “Çaşma” buloğini tozalaş çoğida kelib çiqqan nizodagi holatlar ayrim yomon niyatli kişilarga qöl kelişi mumkin. Şu bois turli fitnalarga berilmaslik, gap-sözlarga uçmaslik va oğir-bosiq böliş kerak.

Özbek va qirğiz xalqlari azaldan yaqin qöşni sifatida tinç-totuv, ahil-inoq yaşab kelgan. Xalqlarimiz tarixi, madaniy va diniy qadriyatlari muştarak, anʼana va urf-odatlari öxşaş.
Uzoq yillik tarix davomida xalqlarimiz hamjihatlikni hamişa qöllab-quvatlab kelgan. Turli davlatlar boşiga tuşayotgan muammolar bugun naqadar yomon oqibatlarga olib kelayotgani, bunday vaziyatda oqillik va vazminlik bilan iş tutiş zarurligini körsatmoqda. Şu sababli, endi qöşqanot bölib, birgalikda iş yuritişimiz, barça muammolarni oçiq muhokama qilgan holda hal etişimiz har qaçongidan ham zarurdir.
QURʼONI KARIMDA: “ALBATTA, MÖMINLAR DINDA ÖZARO BIRODARDIRLAR. BAS, SIZLAR IKKI BIRODARINGIZ ÖRTASINI TUZATIB QÖYINGIZ VA ALLOHDAN QÖRQINGIZ, ŞOYAD, RAHM QILINSANGIZ”, MARHAMAT QILINADI (HUJUROT, 10).
HAZRATI PAYĞAMBAR ALAYHISSALOM: «IKKI INSONNING ORASINI ISLOH QILIŞNING AJR-U SAVOBI NIHOYATDA KATTA», DEB MARHAMAT QILGANLAR. QÖŞNILAR ÖZARO KELIŞMAY QOLGAN VAQTDA INSONLARNING ORASINI ISLOH QILIŞ ISLOMDA JUDA HAM KATTA SAVOB IŞDIR.
Xalqimizda: “Bir kun janjal çiqqan joydan qirq kun baraka kötariladi”, degan naql bor. Şunday ekan bugungi sinovli kunlarda bir-birimizga yelkadoş bölib, arzimas sabablarni çetga surib, oğrimizni yengilatiş va maşaqqatda kömakçi bölişga oşiqaylik. Mana şu çin möminlik sifatidir.
ÖZ NAVBATIDA AYTIŞ ZARURKI, MANA ŞUNDAY MURAKKAB VAZIYATLARNI BARÇAMIZ VAZMINLIK VA DONIŞMANDLIK BILAN YENGIB ÖTIŞIMIZ, HAMJIHAT BÖLIŞIMIZNI DAVRNING ÖZI TAQOZO ETMOQDA. BUNDAY VOQEA-HODISALARGA PEŞVOZ ÇIQIŞDA EHTIROSLARGA BERILMASDAN, DONIŞMANDLARÇA VAZMIN VA OĞIR-BOSIQ BÖLIŞIMIZ LOZIM. MÖMIN KIŞI BUNDAY HOLATDA QALB VA AQL AMRI BILAN IŞ TUTADI. HISSIYOT VA FITNAGA SOLMOQÇI BÖLGANLARGA IMKON BERMAYDI. HADISI ŞARIFDA AYTILGANIDEK, “MÖMIN KIŞI OQIL, ZIYRAK VA HUŞYOR BÖLADI”.
Alloh taolo xalqlarimizni turli fitna, nizo va hiylalardan hifzi himoyasida saqlasin, din va qon qarindoş birodarlar örtasidagi ahlligimizni yanada ziyoda qilsin!
Özbekiston musulmonlari idorasi









