Özbekiston va Qirğiziston TIV rahbarlari Ukrainadagi uruşni töxtatişga çaqirdi

Özbekiston va Qirğiziston TIV rahbarlari Ukrainadagi uruşni töxtatişga çaqirdi

Turkiyaning Antaliya şahrida Qirğiziston Taşqi işlar vaziri Ruslan Kazakboyev va Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov örtasida uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuv keça, 11 mart kuni ikkinçi “Antaliya diplomatik forumi” doirasida ötkazildi, deb axborot bergan Qirğiziston TIV.

Uçraşuvda tomonlar xalqaro va mintaqaviy maydonda kun tartibiga çiqqan dolzarb mavzular yuzasidan fikr almaşgan. Ukraina atrofidagi vaziyatga töxtalar ekan, tomonlar bir ovozdan mojaroni siyosiy va diplomatik yöllar bilan hal qiliş uçun zudlik bilan keskinlikni pasaytiriş, harbiy harakatlarni töxtatiş va muzokaralar stoliga qaytiş zarurligi haqida fikr bildirgan.

Bundan taşqari, tomonlar Qirğiziston-Özbekiston hamkorligi kun tartibidagi dolzarb masalalarni hamda ikki tomonlama va köp tomonlama şakllarda hamkorlikni yanada mustahkamlaş yöllarini muhokama qilgan.

×