AQŞ Prezidenti Donald Tramp barçani zudlik bilan Eron poytaxti Tehronni tark etişga çaqirdi. Bu haqda u keça, 16 iyun kuni özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozdi.
“Eron men ularga imzolaşni aytgan “bitim”ni imzolaşi kerak edi. Bu şarmandalik va inson hayotining bekorga sarflanişidir. Oddiy qilib aytganda, Eron yadroviy qurolga ega böla olmaydi. Buni qayta-qayta aytib keldim! Barça zudlik bilan Tehrondan evakuatsiya qilinişi kerak!” deb yozdi Tramp.
Uning uşbu bayonoti AQŞ Oq uyi tomonidan ham X ijtimoiy tarmoğida eʼlon qilindi. Unda aynan evakuatsiya haqidagi çaqiriq alohida taʼkidlangan.
“Fox News”ning yozişiça, AQŞ yetakçisi Yaqin Şarqda yuzaga kelgan vaziyat tufayli Milliy xavfsizlik kengaşi aʼzolarini Oq uyda yiğiliş ötkazişga çaqirgan. Şuningdek, maʼlumotlarga köra, Tramp Kanadada ötayotgan G7 sammitini tark etmoqda.
“Prezident Tramp G7 sammitida ajoyib kun ötkazdi, Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmer bilan katta savdo kelişuvini ham imzoladi. Köp işlar amalga oşirildi, biroq Yaqin Şarqda yuz berayotgan voqealar sababli Prezident Tramp bugun keçqurun davlat rahbarlari bilan keçki ovqatdan söng sammitni tark etadi”, degan Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt.
Şuningdek, Tramp Oq uydagi maxsus vaziyatlar xonasida Milliy xavfsizlik kengaşining töliq tarkibda yiğilişga tayyor bölişini söragani ham maʼlum qilindi.









