Qaşqadaryoliklarni Isroilga jönatmoqçi bölgan erkak uşlandi

Qaşqadaryoliklarni Isroilga jönatmoqçi bölgan erkak uşlandi

Qaşqadaryo hamda Navoiy viloyatida fuqarolarni işlaş maqsadida boşqa davlatga jönatişni vaʼda qilganlar uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 


Maʼlum qilinişiça, Navoiy şahrida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi rahbari Xatirçi tumanida yaşovçi, 2006 yilda tuğilgan fuqaroning işonçiga kirib, barça hujjatlarni özi tayyorlagan holda, uni Bolgariya davlatiga işga yuboriş evaziga 3 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. 

Kitob tumanida ham şu kabi holat foş etilgan. Xususan, Toşkent viloyatida yaşovçi, 1997 yilda tuğilgan şaxs 2 nafar fuqaroning işonçiga kirib, ularni Isroil davlatiga işlaş uçun yuboriş va işçi vizasini özining tanişlari orqali tayyorlatib beriş evaziga 20 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur şaxs Qaşqadaryo viloyatiga borib, söralgan pul mablaği hisobidan 5 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlangan. 

Bildirilişiça, hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×