Janubiy Koreyaga, şuningdek, Meksika orqali AQŞga noqonuniy yuborişni vaʼda qilgan “uddaburonlar” uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilişiça, Toşkent şahrida yaşovçi, 1994 va 1999 yillarda tuğilgan 2 nafar şaxs özaro til biriktirib, fuqarolarning işonçiga kirgan va tanişlari kömagida “G-1” vizasini olib beriş orqali ularni Janubiy Koreyaga işga yuborişni, keyinçalik esa uşbu davlat hududida doimiy yaşaş uçun guvohnoma tayyorlatib berişni vaʼda qilgan. “Uddaburonlar” öz xizmat haqlari evaziga 55 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 25 ming AQŞ dollarini olgan vaqtlarida DXXning Toşkent şahar boşqarmasi va IJQKD xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yaşovçi, 2001 yilda tuğilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 168-modasi (firibgarlik) bilan sudlangan fuqaro özganing işonçiga kirib, uni noqonuniy yöllar bilan Qöşma Ştatlarga yuborişni taklif qilgan. Xususan, tanişlari orqali “Özbekiston – Turkiya – Ispaniya – Meksika – AQŞ” yönalişida jönatiş evaziga 50 ming AQŞ dollari talab qilgan. DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzar söralgan pul mablaği hisobidan 20 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga çek qöyilgan.
Bildirilişiça, hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









