Avvalroq internetda keksa otasi bilan qöpol munosabatda bölayotgan erkak videosi tarqalgan edi. Toşkent şahar IIBBdan maʼlum qilişlariça, videodagi holat 9 fevralda yuz bergan. 51 yoşli M.A. salomatligidagi muammolar sababli özi mustaqil harakatlana olmaydigan 86 yoşli otasini turtib, uni koyigan.
Mirzo Uluğbek tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi xodimlari mahalla fuqarolar yiğini vakillari bilan birgalikda M.A. bilan tuşuntiriş işlari olib borişgan va erkakka keksa otasiga qaraşda yordam körsatilişiga vaʼda berişgan.
Ayni vaqtda Mirzo Uluğbek tumani maʼmuriy sudi M.A.ni Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-moddasida (mayda bezorlik) közda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etişda aybdor deb topgan va unga 7 sutkalik maʼmuriy qamoqqa oliş jazosini tayinlagan.









