6-sinf öquvçisini öğirlab, zörlamoqçi bölgan erkak qölga olindi

6-sinf öquvçisini öğirlab, zörlamoqçi bölgan erkak qölga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyatida erkak 6-sinfda öqiydigan voyaga yetmagan qizni öğirlab ketgani va zörlaşga uringani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bu böyiça viloyat IIB matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Maʼlum bölişiça, Qamaşi tumani “Qovçin” MFYda yaşovçi fuqaro S.E.ning 2021 yil 29 avgust kuni tuman IIB boşliği nomiga yozgan arizasi, tuman IIB navbatçilik qismida belgilangan tartibda röyxatga olinib, Qamaşi tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekşiruv jarayonida fuqaro Ş.K.ning harakatlarida Özbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismida va boşqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari aniqlanganligi sababli, mazkur holat yuzasida Qamaşi tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan yuqoridagi moddalar bilan fuqaro Ş.K.ga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.

Jinoyat işida gumon qilinuvçi Ş.K Özbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan.

Hozirda uşbu jinoyat işi yuzasidan Qamaşi tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

×