Rossiya qöşni davlatlar fuqarolariga Ukrainada jang qiliş böyiça eʼlonlar bilan murojaat qilmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Unga köra, Rossiya 2023 yil iyun oyining oxiridan buyon Ukraina bilan uruşga safarbarlik uçun qöşni davlat fuqarolariga pul taklif qilib kelmoqda. Jumladan, Armaniston va Qozoğistonda dastlabki tölovlarda 495 ming rubldan (5 ming 140 AQŞ dollari) 190 ming rublgaça (1 ming 973 AQŞ dollari) maoş taklif qiluvçi onlayn reklamalar kuzatilgan. Qozoğistonning şimolidagi Qöstanay viloyatida ham etnik rus aholisini uruşga jalb qiliş böyiça harakatlar olib borildi.
“Kamida 2023 yil may oyidan beri Rossiya markaziy osiyolik muhojirlarga Ukrainada jang qiliş uçun Rossiya fuqaroligi va 4 ming 160 AQŞ dollarigaça maoş vaʼda qilgan. Mariupoldagi quruvçi özbek muhojirlarining pasportlari yetib kelgaç, olib qöyilgani va ularni Rossiya harbiylari safiga qöşilişga majburlagani aytilmoqda. Rossiyada Markaziy Osiyodan kamida olti million muhojir bor”, deyiladi vazirlik hisobotida.
Rossiyaning bu harakatlariga sabab sifatida 2024 yilgi prezidentlik saylovlari yaqinlaşayotgani va mamlakat saylov arafasida nomaqbul içki safarbarlikka yöl qöya olmasligi keltirilgan.
“Çet el fuqarolarini ekspluatatsiya qiliş Kremlga qurbonlar soni ortib borayotgan bir paytda uruş harakatlari uçun qöşimça xodimlar oliş imkonini beradi”, deb yozadi vazirlik.
Eslatib ötamiz, Rossiyaning Krasnodar şahrida politsiya va FSB xodimlari “Samolyot” turar-joy majmuasi quriliş maydonçasida ötkazilgan reyddan söng, 76 nafar çet el fuqarosini qölga olgan.









