Markaziy Osiyoda suv zaxiralari va muzlik massasi kamaymoqda. Bu haqda Jahon meteorologiya taşkiloti (WMO) tadqiqotçilari maʼlum qildi.
Tadqiqotçilarlar oxirgi beş yildagi körsatkiçlarni örganib, ularni 1991-2020 yillardagi maʼlumotlar bilan soliştirgan. Ekspertlar baholaşiga köra, Tojikiston, Özbekiston, Qirğiziston va Afğoniston suv omborlariga suv kelişi sezilarli darajada kamaygan.
Markaziy Osiyo daryo oqimi meʼyordan past yoki ança past bölgan dunyo mintaqalari qatoriga kirdi. Amudaryo va Sirdaryo kabi asosiy daryo tizimlarini öz içiga olgan Orol dengizi havzasidagi murakkab vaziyat alohida qayd etiladi.
Olimlarda muzliklarning ahvoli alohida taşviş uyğotmoqda. Markaziy Osiyoning toğ muzliklari töplaganidan köra köproq muz yöqotmoqda. Mintaqa kuzatuvlar tarixidagi eng sezilarli yöqotişlar böyiça kuçli uçlikka kirgan.
Qayd etilişiça, 2023-2025 yillarda dunyodagi muzliklarning umumiy yöqotişi taxminan 1 ming 400 gigatonna suvni taşkil etgan. Oxirgi beş yil içida toğ muzliklari dengiz sathidan yuqorida joylaşgan muz massasining 6,2 foizini yöqotgan. Şu bilan birga, Markaziy Osiyo daryo havzalari oqimining yarmidan köpi qor va muz hisobidan şakllanadi.









