Nahotki! Markaziy Osiyo hayotsiz çölga aylanişi mumkin

Nahotki! Markaziy Osiyo hayotsiz çölga aylanişi mumkin

Olimlar Markaziy Osiyo (MO) jonsiz sahroga aylanişi mumkin, deya aytişmoqda, deb yozadi "Populyarnaya mexanika" naşri.

Olimlarning aniqlaşlariça, 34 million yil oldin iqlimning keskin özgarişi mintaqada ekologik falokatga olib kelgan. Bu voqea mintaqaning biologik xilma-xilligini bir umrga özgartirgan. Möğuliston, Tibet va Şimoli-Ğarbiy Xitoy ozgina ösimliklar ösadigan keng qurğoq çöllarga aylangan. Bu zamin qariyb 20 million yil davomida şu holatda bölgan. Tadqiqot mualliflarining taʼkidlaşlariça, xuddi şu stsenariy tez orada takrorlanişi mumkin.

Osiyodagi qazilma çangni örganib çiqqan olimlar millionlab yillar davomida Markaziy Osiyo sahrodan iborat bölgani, bu yerda asosan mayda kemiruvçilar yaşagan, degan xulosaga kelişdi.

Ilgari bu mintaqa deyarli har doim örmonzor bilan qoplangan, va faqat vaqt ötişi bilan bu yerda bir neçta çöllar paydo bölgan, deya hisoblanar edi. Biroq, yangi tadqiqot mualliflarining fikriça, mintaqaning hozirgi holati - bu aks-harakatlar, yaʼni qurğoq sahrolar ösimlik bilan qoplanişi natijasidir.

Olingan natijalar mintaqadagi bioxilma-xillik, qişloq xöjaligi va inson farovonligi kelajagi uçun jiddiy oqibatlar töğrisida maʼlumot bermoqda. Ötmişdagi faktlar şuni körsatmoqdaki, agar çöllar köpayişda davom etsa, Markaziy Osiyo heç qaçon ilk çöllanişdan oldin mavjud bölgan noyob biologik xilma-xilligini tiklay olmaydi", - deya izoh beradi tadqiqot işi yetakçi muallifi Nataşa Barbolini.

Uşbu tadqiqotlar Iqlim özgarişi böyiça hukumatlararo kengaşning Markaziy Osiyo tezda sayyoradagi eng issiq va eng quruq joylaridan biriga aylanib borayotganligini körsatadigan prognozlariga mos keladi, deya taʼkidlangan "Populyarnaya mexanika" naşrida.

Tadqiqot hammuallifi Karina Xorn aytişiça, qaçonlardir dominantlik qilgan ayrim ösimliklar mintaqada hali ham bor, ammo ular juda kamyobdir. Bu şundan dalolat beradiki, iqlimning tezlikda özgarişi populyatsiyaning ortga qaytmas özgarişiga olib kelişi mumkinligiga işora qiladi.

×