Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari örtasida uçraşuv bölib ötadi. Bu haqda bugun, 14 avgust kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi parlament ştat kotibi Nils Annen bilan uçraşuvda aytib ötdi.
Tojikiston rahbarining sözlariga köra, mamlakat Germaniya bilan munosabatlarini mustahkamlaşdan manfaatdor va energetika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni istiqbolli yönaliş deb biladi.
“Tojikiston tomoni ikki davlat örtasidagi energetika sohasidagi konstruktiv munosabatlarni yanada mustahkamlaşdan manfaatdor. Xususan, gidroenergetika, “yaşil” energetika, fan va taʼlim, texnologiyani rivojlantiriş, iqlim özgarişi masalalaridir”, deydi Rahmon.
Şu bilan birga, Rahmon Tojikiston va Germaniya örtasida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar sohalarda özaro manfaatli aloqalarni rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etgan.
Bundan taşqari, suhbatdoşlar Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining bölajak uçraşuvi haqida gaplaşgan. Uçraşuvning sanasi aniqlanmagan.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, tomonlar uşbu tadbir savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirişga xizmat qilişiga umid bildirgan.









