Turmuş quriş saraton xavfini kamaytiradi – tadqiqot

Turmuş quriş saraton xavfini kamaytiradi – tadqiqot

Heç qaçon nikohda bölmagan insonlarda saraton kasalligiga çaliniş xavfi oilali kişilarga qaraganda yuqoriroq. Mayami universiteti tadqiqotçilari şunday xulosaga keldi. Bu haqdagi tadqiqot natijalari “Cancer Research Communications” (CRC) jurnalida eʼlon qilindi.


Olimlar 2015 yildan 2022 yilgaça AQŞning 12 ta ştatida 30 yoşdan oşgan şaxslar orasida qayd etilgan 4 milliondan ortiq onkologik kasallik holatlarini tahlil qilgan. Maʼlum bölişiça, heç qaçon nikohda bölmagan erkaklarda saraton bilan kasallaniş körsatkiçi oilalilarga nisbatan 68 foizga, ayollarda esa 85 foizga yuqori bölgan.

Şu bilan birga, mualliflar nikoh saratondan töğridan töğri himoya qilişi haqida gap ketmayotganini taʼkidlamoqda. Aniqlangan boğliqlik ortida boşqa omillar – turmuş tarzi, stress darajasi, çekiş kabi odatlar, şuningdek, tibbiy yordam va muntazam tekşiruvlardan ötiş imkoniyati turişi mumkin.

Eng katta farqlar saratonning ayrim turlarida qayd etilgan. Masalan, böydoq erkaklarda anal kanali saratoni taxminan beş baravar, turmuşga çiqmagan ayollarda esa baçadon böyni saratoni qariyb uç baravar köproq aniqlangan. Ikkala kasallik ham papilloma virusi (OPV) bilan boğliq bölib, bu holatlarda muntazam skrining va profilaktika muhim rol öynaşi mumkin.

Tekşiruv dasturlari yaxşi rivojlangan saraton turlarida (masalan, kökrak bezi yoki prostata bezi saratoni) farqlar u qadar sezilarli bölmagan. Tadqiqot kuzatuv xarakteriga ega bölib, vaqt davomidagi özgarişlarni kuzatmagan, şu sababli töğridan töğri sabab-oqibat boğliqligini örnatiş imkonini bermaydi. Şunga qaramay, olimlar oilaviy holat xavfning muhim ijtimoiy belgisi bölib xizmat qilişi mumkin, deb hisoblaydi.

Mualliflarning taʼkidlaşiça, nikohda bölmagan insonlar profilaktikaga alohida eʼtibor qaratişi: muntazam tekşiruvlardan ötişi, turmuş tarzini kuzatib borişi va öz vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilişi juda muhim.


Teglar:
×