Qisqa videolar miyaga alkogol kabi zararli – tadqiqot

Qisqa videolar miyaga alkogol kabi zararli – tadqiqot

Tyantszin pedagogika universiteti olimlari TikTok va Instagram’dagi qisqa videolarga haddan ortiq berilib ketiş nafaqat hordiq bağişlaşini, balki miyaning işlaşini ham salbiy tomonga özgartirişini aniqladi. Bu haqdagi tadqiqot “NeuroImage” jurnalida eʼlon qilindi.

Olimlarning aniqlaşiça, qisqa videolarni faol tomoşa qiladigan insonlarda miyaning “mukofot” tizimi – spirtli içimlik isteʼmolida yoki qimor öyinlarida faollaşadigan neyron zanjirlar kuçayadi. Bunda impulsivlik, diqqatni jamlaş va hissiy regulyatsiyaga masʼul bölgan hujayralardagi aloqalar özgaradi. Yaʼni, miya “dopaminga haddan taşqari töyintiriladi” va oddiy zavq manbalariga yomonroq javob qaytara boşlaydi.

Buning oqibatida kitob öqiş, keçki ovqat yoki odamlar bilan suhbat qisqa videorolikdan kamroq jozibador tuyulişi mumkin. Bu esa odatda qaramlik şakllanişi mexanizmini eslatadi – qondiriliş uçun tobora kuçliroq stimul kerak böladi.

Ayniqsa, miyaning qaror qabul qiliş va diqqat markazlaşuviga javobgar prefrontal qobiği zarar köradi. Tezkor, yorqin stimullarning ortiqça oqimi insonning bir vazifaga eʼtibor qaratişiga, maʼlumotni yodda saqlaşiga va impulslarini nazorat qilişiga xalaqit beradi. Neyrobiologlarning aytişiça, bu kabi özgarişlar spirtli içimliklarni haddan taşqari köp isteʼmol qiliş ortidan kuzatiladigan kognitiv buzilişlarga öxşaydi. 

Tadqiqotçilar keçasi TikTok yoki Reels tomoşa qiliş xavfiga alohida eʼtibor qaratmoqda. Ekranning yorqin nuri va hissiy jihatdan kuçli kontent sirkadiy ritmini (inson organizmidagi 24 soatlik biologik vaqt) buzadi, melatonin işlab çiqilişini sekinlaştiradi va organizmni uyqu bosqiçiga ötişiga xalaqit beradi. Bu esa xotira va örganişga javobgar gipokamp faoliyatida aks etadi. Oqibatda, inson yangi maʼlumotni yomonroq özlaştiradi va hatto yetarli soat uxlasa ham ertalabki “xiralik”ni his qiladi.

Mutaxassislar platformalardan ongli foydalanişni maslahat bermoqda. Xususan, ekran oldida ötkaziladigan vaqtni çeklaş, tanaffuslar qiliş, onlayn faollikni rangba-rang qiliş. Bunday raqamli “gigiyena” tafakkur ravşanligi va ruhiy salomatlikdan voz keçmagan holda köngiloçar materiallardan bahramand böliş imkonini beradi.


Teglar:
×