Spirtli içimliklar içiş koronavirus infektsiyasini yuqtirib oliş xavfini oşiradi. Bu haqda narkolog Ruslan Isayev “Sputnik” radiosiga bergan intervyusida aytib ötdi.
Mutaxassisning fikriga köra, koronavirus bilan kasallangan odamda spirtli içimliklarni isteʼmol qiliş kasallikning yengil şaklini möʼtadil yoki oğir darajaga ötişiga olib keladi. Bundan taşqari, alkogolning COVID-19 preparati bilan kombinatsiyasi jiddiy asoratlarni keltirib çiqarişi mumkin, deb taʼkidlaydi Isayev.
Pandemiya boşlanganidan beri dunyoda jami 47 million kasallaniş holati qayd etilgan. Şundan 34 million bemor şifo topgan bölsa, 1,2 milliondan ortiq odam vafot etgan.
Sönggi maʼlumotlarga köra, Özbekistonda kasallik qayd etilgan jami 67 626 nafar bemordan 64 885 nafari soğayib, davolaniş körsatkiçi 96 foizni taşkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 167 nafar bemordan 257 nafari oğir, 69 nafari esa öta oğir ahvolda.









