6 aprel kuni AQŞning Vaşington şahrida Amerika-Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi rasman öz faoliyatini boşladi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Maʼlum qilinişiça, kengaş faoliyatining maqsadi qöşma biznes taşabbuslari uçun mustahkam institutsional asos yaratişga qaratilgan. Unda Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, AQŞning Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili, elçi Serjio Gor hamda Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi maslahatçi-elçisi – Prezident Administratsiyasining AQŞdagi vakili Komil Allamjonov iştirok etgan.
“Vaşington şahrida mamlakatlarimiz işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş maqsadida taşkil etilgan Amerika-Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi rasman öz faoliyatini boşladi. Kengaş qöşma biznes taşabbuslari uçun mustahkam institutsional asos yaratişga qaratilgan. Uçraşuv yakunida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi”, deya yozgan Mirziyoyeva.
Qayd etilişiça, kengaşning taşkil etilişiga ikki davlat Prezidentlari – Donald Tramp va Şavkat Mirziyoyev örtasida qaror topgan yuksak darajadagi işonç qöl kelgan.
“Kengaş hamraisi, elçi Serjio Gor taʼkidlaganidek, sönggi bir yil davomida AQŞ Markaziy Osiyoda strategik şeriklikni mustahkamlaş borasidagi qatʼiy intilişlarini amalda tasdiqladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etiş joiz, Şavkat Mirziyoyev 2025 yilning 6-7 noyabr kunlari AQŞga borgan edi. Özbekiston yetakçisi Qöşma Ştatlar Prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar ötkazdi, Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ yetakçilarining S5+1 formatidagi sammitida iştirok etdi. Şundan söng Amerika – Özbekiston işbilarmonlar va investitsiyalar kengaşi taşkil etildi. Kengaş faoliyatini Özbekiston tomonidan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va AQŞ Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serjio Gor boşqarib boradi. Prezident Administratsiyasi rahbarining sobiq örinbosari Komil Allamjonov esa Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi maslahatçi-elçisi – Prezident Administratsiyasining AQŞdagi vakili lavozimiga tayinlandi.









