Özbekiston musulmonlari idorasi ulamolar kengaşi murojaat bilan çiqdi

Özbekiston musulmonlari idorasi ulamolar kengaşi murojaat bilan çiqdi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Alloh taologa çeksiz hamdu sanolarimiz, Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamga mukammal salavotu salomlarimiz bölsin.


Muhtaram yurtdoşlar!


Allohga şukrki, gözal diyorimizda har tongni tinçlik, xotirjamlik bilan qarşi olmoqdamiz. Uşbu uluğ neʼmat sababli, har sohada yutuqlar, yuksalişlar bölmoqda, neʼmatlar kundan-kun ziyoda bölib bormoqda. Bu yurtda inson aziz, uning qadri yuksak ekani, özining hayotiy ifodasini topib bormoqda. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtojlar, nogironligi bölgan insonlar, kambağal oilalarga doimiy ğamxörlik körsatib kelinmoqda.

Şubhasiz, oxirgi yillarda kam taʼminlangan, boquvçisini yöqotgan, yordamga muhtoj fuqarolar bilan manzilli işlaş böyiça qonuniy asoslar va xalqparvar tizim yaratildi.

Siz aziz yurtdoşlarimizga murojaat qilar ekanmiz, şuni alohida taʼkidlaşni xohlardikki, ijtimoiy himoya masalasida Prezidentimizga kamarbasta böliş barçamiz intilayotgan farovon kelajak, farzandlarimiz baxtu saodatini taʼminlaşning eng muhim şartidir.

Islom dinida muhtojlarga yordam beriş, jismoniy imkoniyati çeklangan insonlarga mehr-muruvvat körsatiş, miskin va beçoralar holidan xabar oliş eng savobli amallardan hisoblanadi. Muborak dinimiz xayr-saxovatga buyurar ekan, uni öz örniga sarflaşga amr etadi. Muhtoj insonlar haqqiga xiyonat qiliş esa oğir gunoh sanaladi.

Yurtimizda Ijtimoiy himoya milliy agentligi taşkil etilişi xalqimiz qalbidagi ezgu iş böldi. Agentlik oğir ijtimoiy holatga tuşgan va tuşiş xavfi bölgan aholi bilan manzilli işlayotgani, xayru ehsonlarni öz egalariga yetkazayotgani xalqimizni mamnun etmoqda, qalbiga xursandçilik ulaşmoqda. Albatta, mana şunday mehrga muhtoj insonlarning duosi bilan yurtimiz yanada obod böladi.


Hurmatli yurtdoşlarimiz!


Yaratganga şukr, tarbiyaning asosiy poydevori bölgan maktabga, yoşlarni ilm-maʼrifatli qilişga davlatimiz tomonidan doimiy eʼtibor qaratilmoqda. Yangidan yangi maktablar, boğçalar qurilmoqda. Yurtimizda örta hisobda yiliga bir million bola tuğilmoqda. Bu degani, yetti yildan keyin bir neça ming maktabga ehtiyoj paydo böladi. Şunday ekan, saxovatpeşa kişilarimiz maktab quriş yoki taʼmirlaş işlariga ham katta eʼtibor qaratişlarini tavsiya etamiz. Zotan, maʼrifat, ziyo maskani bölgan taʼlim dargohlarini quriş, obod qiliş ajri uluğ amallardan hisoblanadi. Şuningdek, taʼlim muassasalari talaba va öquvçilarni moddiy tarafdan taʼminlaş, ularni kontrakt-şartnomalarini tölab beriş, öquv qurol va darsliklarini olib beriş savobi doimiy yozilib turadigan sadaqai joriya böladi.


Aziz vatandoşlar!

Taassufki, töylar, oilaviy tantanalar, marhumlar xotirasi, haj va umraga borib-keluvçilarni kutib olişga bağişlangan yiğinlar, ulardagi bir-biridan ötib tuşadigan, kimözarga, riyoga, isrofga töla işlar xalqimizning jiddiy muammolaridan biri bölib kelmoqda. 

Şu örinda, ziyolilar, yoşi keksa otaxonu onaxonlar, nuroniylarga aytar sözimiz, keling, birgalikda yurtimiz aholisiga, ayniqsa, yuqoridagi kabi isrofgarçilik va dabdaba qilayotganlarga tuşuntiriş işlarini köpaytiraylik, bu kabi illatlarga birgalikda barham beraylik. Alloh taolo ato etgan mol-dunyoni isrof qiliş – katta gunoh, ekanini uqtiraylik! Buning örniga topganlarimizni savobli işlarga sarflab, beva-beçora, noçor, muhtojlarga yordam beraylik, ana şunda ulkan savobga ega bölamiz, inşoaalloh! 


Qadrli ulamolar va imom-domlalar!


Ijtimoiy himoya böyiça Yurtboşimizning taşabbuslarini qöllab-quvvatlagan holda, biz – din peşvolari quyidagi 7 ta vazifani amalga oşirişni belgilab olmoqdamiz:

Birinçi, ulamolar va imom-xatiblar “Xayru saxovat – qalblarga quvonç ulaşadi” şiori ostida tarğibot-taşviqot işlarini keng kölamda amalga oşiriş.

Ikkinçi, har bir markaziy masjid 5 tadan ehtiyojmand oilani otaliqqa olib, ularning farzandlarini öquv kurslarida öqitişi, kasb-hunarga örgatişi va doimiy daromadga ega bölişiga kömaklaşiş.

Uçinçi, har bir tuman-şahar boş imom-xatiblari hududidagi kamida 1 ta maktabni homiylarni jalb etgan holda taʼmirlaş işlariga yordam körsatiş.

Törtinçi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda mamlakatimiz böyiça kam taʼminlangan oilalar farzandlari bölgan 200 nafar yoşni kasbga örgatiş va iş bilan band qiliş.

Beşinçi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda jismoniy imkoniyati çeklangan bolalarga 50 dona sport aravaçasi va boşqa reabilitatsiya vositalari olib berib, ularning davolanişlariga kömaklaşiş.

Oltinçi, masjid imom-xatiblari homiylarni jalb etgan holda “Mehribonlik”, “Saxovat”, “Muruvvat” uylariga va mehnat faxriylariga moddiy yordamlar körsatiş işlarini taşkil etiş.

Yettinçi, imom-xatiblar tomonidan töy-maʼraka marosimlardagi isrofgarçilik, umra ziyoratidan qaytgandan keyin har xil xöjakörsin marosimlari uyuştirişdek illatlarning oldini oliş yuzasidan tarğibot işlarini amalga oşiriş. 


Aziz yurtdoşlar!


Xayrli va savobli işga hissa qöşgan, yetim-yesir, beva-beçoraning boşini silagan odamning amal daftariga qiyomatgaça sadaqai joriya savobi töxtamasdan yozilib turişini, bunday odam xalq içida, el orasida doimo hurmat va eʼzozda bölişini unutmaylik!

Alloh taolo ezgu işlarimizni Özi mukofotlasin, omin!


Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi raisi, 

muftiy Şayx Nuriddin XOLIQNAZAR


Teglar:
×