“Tinçlik kengaşi” Özbekistonning taʼsisçi davlat sifatida aʼzo bölganini rasman tasdiqladi

“Tinçlik kengaşi” Özbekistonning taʼsisçi davlat sifatida aʼzo bölganini rasman tasdiqladi

AQŞ Prezidenti Donald Tramp tomonidan taşkil qilingan “Tinçlik kengaşi” Özbekistonning taʼsisçi davlat sifatida aʼzo bölganini rasman tasdiqladi. Bu haqda Kengaşning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berildi.



Qayd etiş joiz, 22 yanvar kuni 19 mamlakat vakillari Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida Ğazo sektorida tinçlik örnatiş doirasida tuzilgan “Tinçlik kengaşi” nizomini imzolagandi. Kengaş taşabbuskori AQŞ Prezidenti Donald Trampning aytişiça, taşkilotga boşqa davlatlar ham qöşilgan.

Tramp raisligida ötgan tadbirda Argentina, Armaniston, Bahrayn, Bolgariya, Indoneziya, Iordaniya, Marokaş, Möğuliston, Ozarbayjon, Paragvay, Pokiston, Qatar, Qozoğiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Vengriya va boşqa davlatlar rahbarlari, Boş vazirlari va Taşqi işlar vazirlari ham qatnaşgan.

“Tinçlik kengaşi” Isroil va Falastinning HAMAS radikal harakati örtasida Ğazo sektorini boşqariş böyiça kelişuvga muvofiq tuzilgan, biroq u boşqa mintaqalardagi mojarolarning oldini oliş va hal qiliş bilan ham şuğullanişi taxmin qilinmoqda.

Uşbu taşkilot Nizomini imzolaş marosimida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etdi va Özbekiston Kengaşga qöşildi.


Teglar:
×