“Coinpay” bilan hamkorlikdagi platformada milliy valyutada bank kartalari orqali operatsiyalarni amalga oşiriş mumkin.
Özbekistonda kriptoaktivlar sohasida xizmat körsatuvçi “Coinpay” va “Binance” qöşma platformasi iş boşladi. Bu haqda “Coinpay” mahalliy kriptobirjasining matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kömagida va Özbekiston qonunçiligiga töliq muvofiq amalga oşirildi. ILMA 2025-yil yanvar oyi örtalarida kripto-birjalar örtasidagi hamkorlikni e’lon qildi. Platforma Özbekiston huquqiy tizimiga rasman integratsiya qilingan birinçi şunday xizmat böldi.
Yangi xizmat foydalanuvçilarga bank kartalari va mahalliy tölov tizimlari orqali milliy valyutadagi mablağlarni töldiriş va yeçib oliş imkonini beradi. Bundan taşqari, foydalanuvçilar keng kölamli “Binance” xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatiga ega böladilar.
“Coinpay” kripto-aktivlar bilan operatsiyalar faqat saytdagi rasmiy havola orqali amalga oşirilişi kerakligini eslatib ötdi. Taşqi p2p platformalari yoki boşqa xizmatlardan foydalaniş qonunçilikni buziş hisoblanadi va yuridik javobgarlikka olib kelişi mumkin.
Kompaniya, şuningdek, kripto-aktivlar bilan boğliq operatsiyalar ularning özgaruvçanligi tufayli yuqori xatarlar bilan boğliqligini ta’kidladi. Foydalanuvçilarga savdolarni boşlaşdan oldin raqamli aktivlar bilan işlaşning öziga xos xususiyatlarini örganiş va ehtimoliy moliyaviy xatarlarni hisobga oliş tavsiya etiladi.
“Binance"ning Özbekistondagi faoliyati
2022-yilning avgust oyida “Binance” va boşqa xalqaro birjalar veb-saytlari Özbekistonda bloklandi. Bunga ularning tegişli litsenziyaga ega emasligi, platformalar heç qanday yuridik javobgarlikni öz zimmalariga olmasligi, tranzaksiyalarning qonuniyligi, fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlari töğri saqlanişi va maxfiylik kafolatlanmaganligi sabab böldi.
Öşa yil oxirigia borib, kripto-birja Özbekistonda boş menejer uçun vakansiya oçgani ma’lum böldi. Bu rolda menejer yangi bozor uçun strategiyalar, harakat rejalari va biznes modelini işlab çiqişi belgilangan.
2024-yil boşida Özbekistonda faoliyatini taşkil etiş uçun tegişli litsenziya olmagani va yana bir qator qonun buziliş holatlari sabab, ILMA “Binance"ni 102 mln söm jarima tortdi.
Fevral oyida agentlik direktori örinbosari Vyaçeslav Pak jarima tölamaganligi uçun kripto-birja sudga berilişini ma’lum qildi. Şuningdek, agentlik p2p tranzaksiyalarini nazorat qilişning samarali mexanizmi yo‘qligi sababli uni qonuniylaştirişni rejalaştirmaganini aytdi u.
Agentlikning ma’lum qilişiça, bu böyiça tegişli da’vo arizasi Toşkent şahar iqtisodiyot sudiga yuborilgan. Ötgan yilning 26-martidan 7-iyunigaça “Binance” vakili iştirokida davom etgan sud jarayonlari yakunlanib, jarima undiriş haqida qaror qabul qilgan. ILMA kripto-birja sud talablarini bajarib, jarimani töliq tölaganini bildirdi.









