Sirdaryoda toşqin: 11,5 mingdan ortiq fuqaro evakuatsiya qilindi

Sirdaryoda toşqin: 11,5 mingdan ortiq fuqaro evakuatsiya qilindi

Maʼlumki, bugun, 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylaşgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv çiqişi yuzaga keldi.

FVV bergan maʼlumotga köra, suv ekin maydonlariga zarar yetkazgan. Qayd etilişiça, Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi (FVB) va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini oliş va harakat qiliş davlat quyi tizimiga (FVDT) kiruvçi taşkilotlar bilan hamkorlikda Sardoba tumani “Qörğontepa” MFY suv omborining atrofidagi qator aholi yaşaş punktlari Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilindi. Xususan, Qörğontepa, “Döstlik”, “Yurtdoş” MFYlardan jami 11 598 nafar aholi şular jumlasidandir.

Bundan taşqari, suv bosiş xavfi bölgan “Quytoş” MFY, “Ota yurt” MFY va “Birlik” MFYlardan axolini evakuatsiya qiliş rejalaştirilmoqda.

Avvalroq, Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov qator rahbarlar bilan Sirdaryo viloyatiga yetib borgani va harakatlarni şaxsan muvofiqlaştirib turgani xabar berilgandi.

×