Bugun, 2 avgust kuni Özbekistonda koronavirus infektsiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1 208 nafari soğaydi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
Jumladan, bemorlarning 678 nafari Toşkent şahrining 20 ta şifoxonasida va uy şaroitida davolanganlardir, şuningdek, 185 nafari Toşkent viloyatida, 103 nafari Samarqand viloyatida, 102 nafari Qaşqadaryo viloyatida, 50 nafari Buxoro viloyatida, 35 nafari Andijon viloyatida, 20 nafari Surxondaryo viloyatida, 13 nafari Namangan viloyatida, 11 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Farğona viloyatida, 2 nafari Xorazm viloyatida kasallikdan foriğ böldi.
Eslatib ötamiz, soğayganlar körsatkiçi böyiça sönggi rekord natija keça, 1 avgust kuni qayd etilgan bölib, öşanda mamlakatning turli hududlarida 835 nafar bemor tuzalgandi.
Şunday qilib, Özbekistonda 16 507 nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar tuzalib, soğayiş körsatkiçi 64 foizni taşkil qilmoqda.









