Armanistonning sobiq moliya vaziri va Davlat daromad qömitasining sobiq rahbari Gagik Xaçatryan pora oliş hamda juda katta miqdorda pul yuvişda gumonlanib, ikki oyga qamoqqa olindi. Bu haqda “Report.az” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Armaniston Korruptsiyaga qarşi kuraşiş sudi sudyasi Aram Grigoryan Xaçatryanni hibsga oliş töğrisida qaror çiqargan. Sud majlisi keça, 1 sentyabr kuni boşlangan va bugun, 2 sentyabr tongigaça davom etgan.
Xaçatryan bir kun avval qölga olingan. Salomatligidagi muammolar sababli u sudga zambilda olib borilgan.
Maʼlumotlarga köra, unga nisbatan pora oliş va katta miqdorda pul yuviş böyiça jinoiy iş oçilgan. Tergov doirasida Xaçatryan va uning öğliga tegişli xonadonlar, şuningdek, ular bilan boğliq 21 ga yaqin kompaniyaning ofislari va filiallarida tintuv ötkazilgan.
Gagik Xaçatryan 2008 yil 20 avgustdan 2014 yil 26 aprelgaça Armaniston Davlat daromad qömitasiga rahbarlik qilgan. 2014–2016 yillarda esa mamlakat moliya vaziri lavozimida işlagan.









