AQŞ mingdan ortiq afğonistonlikni Kongoga deportatsiya qilmoqçi

AQŞ mingdan ortiq afğonistonlikni Kongoga deportatsiya qilmoqçi

AQŞ Prezidenti Donald Tramp 2001–2021 yillardagi Afğonistondagi uruş vaqtida AQŞga yordam bergan 1000 dan ortiq afğonistonlikni Kongo Demokratik Respublikasiga (KDR) deportatsiya qiliş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda AfghanEvac gumanitar taşkiloti xodimlariga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.


Naşr maʼlumotlariga köra, AQŞdagi afğonlarni qayta joylaştiriş dasturlari töxtatilgaç, u yerda yaşayotgan afğonlarga tanlov qöyilmoqda: yoki dunyodagi eng oğir gumanitar inqirozlardan biri kuzatilayotgan Kongoga köçiş, yoki “Tolibon” nazoratidagi vatanga qaytiş. Ayni paytda uşbu Afrika davlatiga allaqaçon 600 mingdan ortiq qoçqin kelib joylaşgan.

Taklif etilgan dastur doirasida AQŞ Kongoga taxminan 1100 nafar afğon maxsus kuçlari qömondonlari, tarjimonlar va ularning oila aʼzolarini köçirişni körib çiqmoqda. Ular 20 yillik harbiy operatsiya davomida AQŞga yordam bergan. Ular orasida 400 dan ortiq bola ham bor.

“Bizningça, ular bu odamlarni aslida Afğonistonga qaytarişni istayapti, bu esa ular uçun deyarli aniq ölim degani. Ular afğonlar Kongoni tanlamasligini bilişadi”, degan AfghanEvac rahbari Şon Vandiver.

Naşr xabariga köra, Kongo Demokratik Respublikasi hozirgi şaroitda (qöşni Ruanda bilan qurolli töqnaşuvlar davom etayotgan va qoçqinlar lagerlariga hujumlar tufayli yana köplab odamlar köçişga majbur bölayotgan vaziyatda) yangi qoçqinlarni qabul qilişga tayyor emas.

Ötgan yilning dekabr oyida Kongo va AQŞ hukumatlari strategik hamkorlik böyiça memorandum imzolagan bölib, u xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni ham öz içiga oladi.


×