Markaziy bank 10,3 mln sömdan yuqori pul ötkazmalari ustidan nazoratni kuçaytirmoqçi

Markaziy bank 10,3 mln sömdan yuqori pul ötkazmalari ustidan nazoratni kuçaytirmoqçi

Özbekiston Markaziy banki tijorat banklarida pul ötkazmalari böyiça nazoratni kuçaytirişni nazarda tutuvçi yangi talablarni joriy etişni taklif qildi.


Loyihaga köra, endilikda 25 bazaviy hisoblaş miqdoridan (10,3 mln söm) yuqori bölgan pul ötkazmalari böyiça maʼlumotlar yanada batafsil tarzda taqdim etilişi talab qilinadi.

Yangi qoidalar FATF (jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraş böyiça xalqaro guruh) tavsiyalari asosida işlab çiqilgan bölib, ular tijorat va mikromoliya banklariga tatbiq etiladi.

Unga köra:

  • pul ötkazmalari jönatuvçidan qabul qiluvçigaça töliq kuzatib borilişi şart böladi;
  • operatsiyani kuzatiş uçun hisob raqami yoki maxsus identifikator körsatilişi talab etiladi;
  • jismoniy şaxslar uçun qöşimça ravişda yaşaş manzili va tuğilgan sanasi, yuridik şaxslar uçun esa STIR (INN) körsatilişi kerak böladi;
  • qabul qiluvçi haqidagi maʼlumotlar ham kengaytirilib, uning joylaşuvi (şahar yoki mamlakat) ham kiritiladi.

Şuningdek, banklar içki pul ötkazmalarida jönatuvçi va qabul qiluvçi haqidagi maʼlumotlarni, jumladan jismoniy şaxsning PINFL raqamini taqdim etişi lozim böladi.

25 BHMdan kam bölgan ötkazmalar uçun esa soddalaştirilgan talablar saqlanib, faqat jönatuvçi va qabul qiluvçi nomi hamda operatsiya identifikatori körsatilişi kifoya qiladi.

Bundan taşqari:

  • banklar karta orqali amalga oşiriladigan tölovlarda karta raqamining töliq kuzatilişini taʼminlaşi şart böladi;
  • naqd pul yeçiş operatsiyalari ham qöşimça maʼlumotlar bilan birga yuritiladi;
  • xalqaro naqd pul yeçiş holatlarida banklar mijoz haqidagi maʼlumotlarni 3 iş kuni içida taqdim etişi kerak böladi.

Mazkur özgartişlar muhokamasi 4 aprelgaça davom etadi.

×