2025 yilning dekabr oyi boşlarida ijtimoiy tarmoqlarda Humans ilovasiga ulangan bank kartalaridan foydalanuvçilar ruxsatisiz pullar yeçib olingani haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank Humans MÇJ kompaniyasi bilan boğliq holat yuzasidan maʼlumot taqdim etdi.
Maʼlum qilinişiça, Humans MÇJ kompaniyasiga tölov xizmatlarini taqdim etgan “Octagram” AJ tölov taşkilotida Markaziy bankning tegişli farmoyişiga asosan işçi guruh tuzilib, tekşiruv ötkazilgan.
Tekşiruv natijalari böyiça tuzilgan maʼlumotnoma belgilangan tartibda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasiga huquqiy baho beriş va öz vakolati doirasida çoralar köriş uçun taqdim etilgan.
Ayni paytda esa Humans kompaniyasi bilan boğliq holat Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi tomonidan qonunçilikda belgilangan tartibda örganilmoqda.
“Mazkur holat böyiça fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilişlari söraladi”, deyiladi xabarda.









