Markaziy bank fuqarolarga davlat tomonidan tölanadigan ijtimoiy nafaqalarni kredit böyiça qarzdorlikni söndiriş maqsadida aktseptsiz usulda yeçib olinişini adolat tamoyillariga zid va insofsiz amaliyot sifatida baholaydi. Bu haqda keça, 30 iyun kuni Markaziy bank kredit taşkilotlariga murojaat bilan çiqdi.
Qayd etilişiça, Markaziy bankka kelayotgan murojaatlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga davlat tomonidan ajratilayotgan nafaqa va moddiy yordam mablağlari fuqarolarning bank kartalariga tuşgandan söng, kredit taşkilotlari tomonidan kredit böyiça qarzdorliklarni söndiriş uçun avtomatik tarzda yeçib olinişi holatlari kuzatilmoqda.
Aholining zaif qatlamiga tölanadigan ijtimoiy nafaqalar – kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi, nogironligi bölgan şaxslarga nafaqalar, vaqtinça mehnatga layoqatsizlik böyiça nafaqalar va şu kabi boşqa moddiy yordam pullari davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy himoya mablağlari hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga muvofiq, davlat mehnatga layoqatsiz va yolğiz keksalar, nogironligi bölgan şaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boşqa toifalarining huquqlarini himoya qiladi.
Şuningdek, “Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunning 21-moddasida şartnomaga isteʼmolçilarning qonunçilikda nazarda tutilgan huquqlarini kamsitadigan, şuningdek ularga qonunçilikda belgilangan imtiyozlar va afzalliklarni bermaslik taqiqlanişi belgilab qöyilgan.
Markaziy bank fuqarolarga davlat tomonidan tölanadigan ijtimoiy nafaqalarni kredit böyiça qarzdorlikni söndiriş maqsadida aktseptsiz usulda yeçib olinişini adolat tamoyillariga zid va insofsiz amaliyot sifatida baholaydi.
Şu munosabat bilan, barça kredit taşkilotlari:
- içki tartiblar va avtomatik undiruv tizimlarini qayta körib çiqiş orqali ijtimoiy tölovlarni aktseptsiz ravişda qarz tölovlariga yönaltiriş imkonini çeklaş;
- bunday holatlar böyiça fuqarolardan şikoyat kelib tuşgan taqdirda, undirişni töxtatişi va yeçib olingan mablağlarni fuqaroga qaytarib beriş çoralarini körişi lozim.









