Markaziy bank hozirgi kunda mamlakatimiz hududida eski namunadagi 100 AQŞ dollari nominalidagi (2009 yilgaça emissiya qilingan) banknotlarni banklar tomonidan sotiş va sotib oliş bilan boğliq amaliyotlar heç qanday muammolarsiz amalga oşirilayotganligini maʼlum qildi.
Şu bilan birga, birorta davlat hisob-kitoblarida eski namunadagi 100 AQŞ dollari nominalidagi banknotlarning qonuniy tölov vositasi sifatidagi maqomi özgarmagan.
Markaziy bank aholi va tadbirkorlik subʼektlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan maʼlumotlarga işonmaslikka çaqirib, faqat rasmiy manbalarga tayanişni tavsiya etdi.
"Şuningdek, agar tijorat banklarining valyuta ayirboşlaş şoxobçalari tomonidan eski namunadagi 100 AQŞ dollari nominalidagi banknotlarni qabul qilişda qiyinçiliklarga duç kelsangiz, Markaziy bankning “Işonç telefoni” (71 200-00-44) yoki hududiy boşqarmalarga murojaat etişingiz mumkin", deyiladi xabarda.
Öz navbatda, Markaziy bank bu borada vaziyatni doimiy ravişda kuzatib borişini maʼlum qiladi.
Şu bilan birga, “Valyutani tartibga soliş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, mamlakatimiz hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan çet el valyutasini sotib oliş va sotiş faqat mahalliy banklar orqali amalga oşirilişi eslatib ötiladi.









