Putinga özbekistonliklar ustidan nazoratni kuçaytiriş taklif qilindi

Putinga özbekistonliklar ustidan nazoratni kuçaytiriş taklif qilindi

Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin Putinga muhojirlar ustidan şikoyat qildi. U bu boradagi qonunçilikni kuçaytirişni taklif qildi va aks holda “migrantlarning mahalliy mojarolari ommaviy köça tartibsizliklariga aylanib ketişi”dan ogohlantirdi. Ular orasida özbek migrantlari alohida eslab ötilgan. Bu haqda “Baza” xabar berdi.

Dekabr oyining oxirida Tergov qömitasi raisi Prezidentga yangi kelganlarning jinoyatlari haqida batafsil xat yubordi. Aleksandr Ivanoviç “vaziyatni qizdirgan” özbeklar, qirğizlar, tojiklar va tajovuzkor mehnat muhojirlari haqida gapirar ekan, ularning bu harakatlari xalq otryadlari şakllanişiga olib kelganini bildirgan. Bastrikinning hisob-kitoblariga köra, 2021 yilning 11 oyi davomida xorijliklar 33,5 mingdan ortiq jinoyat sodir etgan. Rais ular orasida Viborgdagi voqeani – olti nafar özbekistonlik ikki politsiyaçini qattiq kaltaklagani alohida qayd etgan.

Şu bilan birga, Bastrikin jamiyatdagi kayfiyat haqida gapirgan. Uning sözlariga köra, özbeklar va boşqa yuqorida keltirilgan muhojirlar maişiy xizmat körsatiş sohasini “monopoliyaga olgan” va Federatsiya fuqarolari ulardan “jiddiy xavotirda”. 

Şu sababdan Tergov qömitasi raisi migratsiya qonunçiligini qatʼiylaştirişni taklif qildi. Unga köra, iş beruvçilarning migrantlarni uy-joy bilan taʼminlaş va transport uçun sarflaydigan xarajatlarini tölaş, taşrif buyuruvçilarni röyxatga olişni joriy etiş va aholining etnik-madaniy muvozanatini saqlaş çoralarini köriş rejalaştirilmoqda. 

Maʼlumot uçun, 2021 yil dekabr oyida 6 nafar özbekistonlik muhojir Leningrad viloyati Viborg şahridagi maişiy xizmat dökonlaridan birida ularga 22:00 dan keyin aroq sotilmagani sabab janjal kötargan va tekşirişga kelgan ikki politsiya mayorini, şu jumladan Lugovoy, mahalliy navbatçilik bölimi boşliğini qattiq kaltaklagan.

Eslatib ötamiz, 2023 yilning olti oyi davomida Rossiya hududida muhojirlar tomonidan 22 mingdan ortiq jinoyat sodir etilgan. Bu 2022 yilning şu davriga nisbatan 6,3 foizga köp.


×