Özbekiston va Tojikiston Prezidentlari Buxoroga bordi

Özbekiston va Tojikiston Prezidentlari Buxoroga bordi

27 mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston-Tojikiston sammitining ikkinçi kuni tadbirlarida iştirok etiş uçun Buxoro şahriga bordi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.



Qayd etilişiça, Buxoro xalqaro aeroportida davlat rahbari mamlakatda davlat taşrifi bilan bölib turgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonni kutib olgan.

Tantanali kutib oliş marosimi bölgan. Oliy martabali mehmon şarafiga milliy qöşiq va raqslar ijro etilgan.

Bildirilişiça, bugun yetakçilar qadimiy Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qiladi. Sanoat korxonalari faoliyati bilan tanişiş ham közda tutilgan.


×