Tojikiston Özbekiston bilan çegarani oçiş masalasini hal qilmadi

Tojikiston Özbekiston bilan çegarani oçiş masalasini hal qilmadi

Özbekiston va Tojikiston davlat çegarasi fuqarolarning erkin kirib–çiqişi uçun yopiqligiça qolmoqda. Tojikistonda koronavirus tarqalişiga qarşi kuraş böyiça respublika ştabi Özbekiston bilan çegarani oçiş töğrisidagi qarorni qabul qilmagan. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

“Biz keça, 1 oktyabr kuni Özbekistondan ularning çegerani oçiş maqsadida yöllagan rasmiy xabarnomasini oldik. Tegişli xatni Respublika ştabiga yubordik. Ayni vaqtgaça ştabdan javob olmadik”, deyilgan Taşqi işlar vazirligi xabarida.

Taşqi siyosat idorasining taʼkidlaşiça, pandemiya sabab çegarani oçiş, undan ötiş va çeklovlarni örnatiş töğrisidagi qarorni Respublika ştabi qabul qilyapti.

Naşr fuqarolar Tojikistonda prezidentlik saylovi ötkazilgaç, çegaradan erkin ötişiga ruxsat berilişini taxmin qilgan. Tojikistonda saylov 11 oktyabrga belgilangan.

Eslatib ötamiz, Özbekistonga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 1 oktyabrdan çegaralarni oçiş va avval örnatilgan barça çeklovlar olib taşlaş belgilangandi.

Manba: Qalampir.uz

×