Ikki davlat hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 3 mart kuni Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jömart Töqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Özbekiston — Qozoğiston döstlik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, özaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat yetakçi korxonalarining, eng avvalo, savdo, energetika, maşinasozlik, kimyo, quriliş, tarmoqlari, transport va logistika sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratildi.
Şu munosabat bilan oliy darajadagi kelişuvlarga muvofiq qöşma iqtisodiy loyihalar va madaniy-gumanitar dasturlarni ilgari suriş borasida hukumatlar darajasida muntazam va samarali muloqotlar olib borilayotgani ijobiy baholandi.
Özbekiston va Qozoğiston yetakçilari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almaşdilar.
Telefon orqali muloqot har doimgidek döstona va işonç ruhida ötdi.









