Maduro işi böyiça ikkinçi sud majlisi yakunlandi

Maduro işi böyiça ikkinçi sud majlisi yakunlandi

Amerika Qöşma Ştatlarida Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresga oid iş böyiça ikkinçi sud majlisi Nyu-York şahrida ötkazildi. Bu haqda CNN xabar berdi.



Majlis davomida prokurorlar Maduro va uning turmuş örtoğini “Venesuela boyliklarini talon-toroj qilişda” ayblab, suddan ularning sud xarajatlarini davlat hisobidan qoplaşga ruxsat bermaslikni söragan. Himoya tomoni esa Prezident va uning rafiqasi advokat xizmatlarini özlari tölay olmasligini, AQŞ esa bu orqali ularning huquqlarini buzayotganini taʼkidlagan.

Işni körayotgan federal sudya Elvin Xellerstayn bu masala böyiça tez orada qaror çiqarişini aytgan, ammo faqat tölov muammosi sabab işni töxtatmasligini ham bildirgan.

26 mart kungi majlisda Maduro AQŞ hukumati uni “narkoterrorizm” böyiça ayblovlardan himoyalanişiga tösqinlik qilayotganini aytib, işni yopişni söragan.

Vaşington va Venesuelaning yangi hukumati

Joriy yil boşida AQŞ Venesuelada harbiy operatsiya ötkazdi. Mamlakat prezidenti Nikolas Maduro 3 yanvar kuni Karakasda Amerika maxsus kuçlari tomonidan qölga olindi va AQŞga olib ketildi. Şundan söng, prezident vazifasini ilgari vitse-prezident lavozimida işlagan Delsi Rodriges bajara boşladi. U Vaşington bosimi ostida siyosiy mahbuslarni qamoqxonalardan ozod qilişga kirişdi. Rodriges, şuningdek, foydali qazilmalar töğrisidagi qonunlarni özgartirib, Venesuelaning neft sektorini xorijiy investitsiyalar uçun oçib berdi. 24 fevral kuni Tramp AQŞ özining "yangi dösti va hamkori" Venesueladan taxminan 89 million barrel neft olganini eʼlon qildi.

27 fevral kuni Rodriges Trampni öz mamlakatiga qöyilgan sanktsiyalarni bekor qilişga va Venesuela nefti blokadasini töxtatişga çaqirdi. U Maduro ağdarilganiga qaramay, mamlakatlarni bir-biriga "döstona" deb hisoblaşini taʼkidladi. Uning sözlariga köra, Karakasdagi hukumat Vaşington bilan "hamkorlikning yangi kun tartibini oçişga" intilmoqda.

AQŞ Davlat departamenti 5 mart kuni Venesuelaning muvaqqat hokimiyati bilan diplomatik munosabatlarni tiklaş böyiça kelişuvga erişilganini eʼlon qildi. Marko Rubio boşçiligidagi idora Qöşma Ştatlar Venesuela xalqiga "tinç yöl bilan demokratik saylangan hukumatga ötiş uçun şaroit yaratuvçi bosqiçma-bosqiç jarayon" doirasida yordam berişda davom etişiga vaʼda berdi.


Teglar:
×