Özbekiston internet tezligi böyiça Markaziy Osiyoda ikkinçi örinni egalladi

Özbekiston internet tezligi böyiça Markaziy Osiyoda ikkinçi örinni egalladi

Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng tez internet Qirğizistonda qayd etilgan. Bu haqda Britaniyaning Cable.co.uk naşri xabarida aytiladi. 

Unga köra, Qirğiziston 5 gigabaytlik faylni 7,44 Mbit/s örtaça yuklab oliş tezligi bilan 155-örinni egalladi. Undan keyin 166-örinni egallagan Özbekiston bormoqda.

Telekommunikatsiya xizmatlari provayderlarini taqqoslaşga ixtisoslaşgan Britaniyaning Cable.co.uk naşri Özbekistonda 5 gigabaytlik fayl örtaça 6,64 Mbit/s tezlikda yuklab olinişi qayd etilgan hisobotni eʼlon qildi. Uşbu körsatkiç böyiça mamlakat 224 davlat orasida 166-örinni egalladi.  

Jadvalda MDHning 11 davlatidan aksariyatini örta poğonalardan boşlab topiş mumkin. Mintaqada örtaça tezlik 12,87 Mbit/s.ni taşkil qiladi. Mintaqadagi eng yirik uçta davlat qatoriga Rossiya (35,73 Mbit/s, 66-örin), Ukraina (25,26 Mbit/s, 77-örin) va Belarus (19,86 Mbit/s, 92-örin) kiradi. 

Qirğiziston röyxatda 155-örinni egalladi. Mintaqada internet tezligi eng past mamlakatlar sifatida Turkmaniston (dunyodagi eng sekin – 0,50 Mbit/s, 224-örin), Tojikiston (1,82 Mbit/s, 211-poğona) va Qozoğiston (5,83 Mbit/s, 173-örin) qayd etildi. Bundan taşqari, Tojikiston va Turkmaniston dunyodagi tezligi eng past internet ulanişlari öntaligiga kiradi. 

Britaniya naşri ötgan yillar uçun hisobotini ham eʼlon qildi. Unda 2017 yildan beri maʼlum bir mamlakatning internet tezligi haqida maʼlumot oliş mumkin. 

2017 yilgi reytingda Özbekiston internet tezligi böyiça 189 davlat orasida 178-örinni egallagan. 2018 yilda mamlakat röyxatda biroz yuqoriga kötarilib, 200 mamlakat içida 184-örinda joylaşdi. 

2019 yilda mamlakatda internet sifati yana yaxşilandi va buning natijasida Özbekiston 207 davlat orasida 181-örinni egalladi. Ötgan yili mamlakat 221 davlat orasida 200-örinni egallagandi. 

×