Dzyudo böyiça Özbekiston çempionati yakunlandi

Dzyudo böyiça Özbekiston çempionati yakunlandi

Keça, 23 dekabr kuni Toşkentdagi “Yunusobod” sport majmuasi yilning sönggi dzyudo musobaqasi – kattalar örtasidagi Özbekiston çempionati öz yakuniga yetdi.

Turnirning sönggi kunida erkaklar örtasida 100 kg, +100 kg, ayollarda esa 78 kg va +78 kg vazn toifalarida ğolib va sovrindorlar nomi maʼlum böldi. 

Dastlabki ikki kungi bellaşuvlarda bölgani kabi biroz kutilmagan natijalar kuzatildi. Muzaffarbek Töraboyev, Bekmurod Oltiboyev, Mohinur Parmonova va Şirinjon Yöldoşeva öz vaznlarida mamlakat çempionligini qölga kiritdi. Ötgan yilgi çempion Irisxon Qurbonboyeva bu safar finalda Şirinjon Yöldoşevaga imkoniyatni boy berib qöydi.  

Tokio Olimpiadasi iştirokçisi Bekmurod Oltiboyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) reytingida 1208 ochko bilan 29-o‘rinni egallab turibdi.   

Erkaklar. 100 kg:

1. Muzaffarbek Töraboyev (Toşkent şahri)
2. Otabek Töraboyev (Surxondaryo)
3. Bahrom Rajabov (Toşkent şahri)
3. Aqlmurodbek Xudoyberdiyev (Surxondaryo)


 
+100 kg:

1. Bekmurod Oltiboyev (Surxondaryo)
2. Elbek Abdullayev (Surxondaryo)
3. Şohruh Baxtiyorov (Toşkent şahri)
3. Ötkirbek Töraboyev (Surxondaryo)

Ayollar. 78 kg:

1. Şirinjon Yöldoşeva (Xorazm)
2. Irisxon Qurbonboyeva (Xorazm)
3. Pokiza Kamoliddinova (Toşkent şahri)
3. Tursunpoşşa Nurmetova (Xorazm)

+78 kg:

1. Mohinur Parmonova (Qaşqadaryo)
2. Fotima Quranboyeva (Xorazm)
3. Yulduz Muhammadiyeva (Surxondaryo)
3. Çaros Ozodova (Xorazm)

Eslatib ötamiz, Muzaffarbek Töraboyev joriy yilning noyabr oyida Frantsiya poytaxti Parij şahrida bölib ötgan harbiylar örtasidagi Jahon çempionatida ham oltin medalni qölga kiritgan.

×