Hozirça, Xitoydan taşqarida eng köp ölim holati Eronda kuzatildi. Keça 22 fevral kuni mamlakatda koronavirus bilan boğliq oltinçi ölim holati qayd etildi. Şuning uçun önlab provintsiyalarning maʼmurlari kasallik tarqalişining oldini oliş uçun maktablar, universitetlar va madaniy markazlarni yopiş töğrisida buyruq berdilar.
Bugungi kunga qadar Eronda virus bilan bögliq 28 ta holat aniqlangan. Virus sabab ölganlarning barçasi Eron fuqarolari ekanligi aytilmoqda.
Sönggi maʼlumotlarga köra, Xitoyda paydo bölgan yangi koronavirus qurbonlari soni 2 462 nafarga yetgan. Dunyo böyiça koronavirus bilan kasallanganlar soni esa 78 773 nafarga yetdi. Bemorlarning 76,936 nafari Xitoyda qayd etilgan.
Koronavirusdan davolanganlar soni 23 253 nafarga yetdi. Bemorlarning 11 553 nafarining ahvoli oğir, deb baholanyapti.
Manba: Qalampir.uz









