AQŞ Ğazo böyiça rejaning ikkinçi bosqiçini boşladi

AQŞ Ğazo böyiça rejaning ikkinçi bosqiçini boşladi

Keça, 14 yanvar kuni AQŞ maʼmuriyati Ğazodagi uruşni tugatişga qaratilgan strategik rejaning ikkinçi bosqiçi boşlanayotganini maʼlum qildi. Biroq rejaning birinçi bosqiçidagi asosiy bandlar, jumladan, Isroil va HAMAS örtasida töliq sulhga erişiş hali amalga oşirilmagan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Keltirilişiça, ikkinçi bosqiç doirasida Qöşma Ştatlar va vositaçi davlatlar qurollarini topşirişdan boş tortayotgan HAMAS jangari guruhini qurolsizlantiriş, şuningdek, xalqaro tinçlikparvar kuçlarni joylaştiriş kabi murakkab masalalarni hal etişi lozim böladi.

AQŞ prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Vitkofning sözlariga köra, ikkinçi bosqiç “Ğazoda ötiş davri uçun mutaxassislardan iborat (texnokratik) Falastin maʼmuriyatini şakllantiriş”, qurolsizlaniş va qayta quriş jarayonini boşlaşni nazarda tutadi.

Misr, Qatar va Turkiya vositaçilarining qöşma bayonotiga köra, tuzilayotgan Falastin organi 15 aʼzodan iborat böladi. Unga Ğarb tomonidan qöllab-quvvatlanadigan, Falastin maʼmuriyatining sobiq vazir örinbosari Ali Şaat rahbarlik qiladi. Ali Şaat ilgari sanoat zonalarini rivojlantiriş bilan şuğullangan.

Isroil va HAMAS ötgan yilning oktyabr oyida Tramp rejasi doirasida kelişuvga erişgan edi. Unga köra, Ğazoni ötiş davrida xalqaro “Tinçlik kengaşi” nazorati ostidagi texnokratik Falastin organi boşqarişi kerak. Yevropalik diplomatning aytişiça, kelasi hafta Davos forumida Tinçlik kengaşi böyiça yana bir eʼlon kutilmoqda.

Ismi oşkor etilişini istamagan AQŞ rasmiysi jurnalistlarga 14 yanvar kuni Tramp tomonidan şaxsan tanlangan Tinçlik kengaşi aʼzolariga taklifnomalar yuborilganini maʼlum qilgan.

Ali Şaat radioga bergan intervyusida qömita avvalo Ğazoga şoşilinç gumanitar yordam körsatiş, jumladan, köçirilgan falastinliklarni uy-joy bilan taʼminlaşga eʼtibor qaratişini aytdi. Ayni paytda ularning aksariyati vayronalar orasidagi vaqtinçalik çodirlarda yaşamoqda.

“Agar men buldozerlarni olib kelib, vayronalarni dengizga surib yuborsam, yangi orollar va yangi yerlar yaratiş mumkin. Şu tariqa Ğazo uçun yangi hududlar hosil qilib, vayronalarni tozalaşga erişamiz. Bu jarayon uç yildan köp vaqt olmaydi”, dedi Şaat Ğarbiy Sohil radiostantsiyasiga bergan intervyusida. (BMTning 2024 yilgi hisobotiga köra, Ğazoda vayron bölgan uy-joylarni töliq tiklaş kamida 2040 yilgaça davom etadi, ayrim hollarda esa bu jarayon uzoq yillarga çözilişi mumkin.)

Stiv Vitkoffning taʼkidlaşiça, Tramp rejasining ikkinçi bosqiçi Ğazoni töliq demilitarizatsiya qiliş va qayta qurişni, eng avvalo, barça ruxsatsiz qurollangan şaxslarni qurolsizlantirişni nazarda tutadi. Qayd etiş joizki, Hamas qurollarini topşirişdan boş tortayotgan bölsa-da, ötgan yilning oktyabr oyida Ğazo boşqaruvini texnokratik qömitaga topşirişga rozilik bildirgan.

Maʼlumot uçun, rejaning birinçi bosqiçi Isroilning Ğazodagi havo hujumlari, sönggi isroillik garovdagi mahbusning jasadi topilmagani hamda Ğazoning Misr bilan çegaradagi ötiş punkti oçilişi keçikkani sababli töxtab qolgan edi. Şunga qaramay, Vaşington rejaning ikkinçi bosqiçini boşlaşga qaror qildi. 


Teglar:
×