Eron AQŞ va Isroil bilan sulh tuzişni rad etdi

Eron AQŞ va Isroil bilan sulh tuzişni rad etdi

Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi Tehron AQŞ va Isroil bilan öt oçişni töxtatişga rozi böliş niyatida emasligini maʼlum qildi. Bu haqda u bugun, 21 mart kuni “Kyodo”ga bergan intervyusida söz oçdi.

Eronlik diplomatning sözlariga köra, Tehron harbiy harakatlarni vaqtinça töxtatişni emas, balki nizoni uzil-kesil hal qilişga erişişni maqsad qilgan.

Şuningdek, Aroqçi Eron “Yaponiya tomoni bilan maslahatlaşuvlardan söng” Yaponiyaga tegişli kemalarning Hormuz böğozi orqali ötişiga ruxsat berişga tayyorligini bildirgan. Uning aytişiça, ayni paytda bu masala ikki davlat örtasida muhokama qilinmoqda.

Maʼlumot uçun, Yaponiya xom neft importining 90 foizdan ortiği Yaqin Şarq mamlakatlari hissasiga töğri keladi.

Qayd etiş joiz, bungaça Aroqçi “Al Jazeera” telekanali efirida Tehron AQŞ va Isroil bilan uruşda ortga çekinmasligini taʼkidlagan. U Eronning siyosiy tizimi mustahkam ekanini va yuqori martabali şaxslarning yöqotilişi mamlakatni zaiflaştirmasligini qayd etgan.

Taşqi işlar vazirligi rahbari Eronda davlat institutlari şaxslarga boğliq emasligini va hatto eng yuqori darajadagi rahbar yöqotilgan taqdirda ham tizim işlaşda davom etişini alohida taʼkidlagan.

Maʼlumot uçun, AQŞ va Isroilning Eronga qarşi operatsiyasi 28 fevralda boşlangan bölib, uçinçi haftadan beri davom etmoqda. Uşbu davr mobaynida tomonlar özaro zarbalar almaşmoqda. Tel-Aviv öz maqsadini Tehronning yadroviy qurolga ega bölişiga yöl qöymaslik deb atadi. Vaşington esa mamlakatning harbiy salohiyatini yöq qiliş bilan tahdid qildi va fuqarolarni mavjud tuzumni ağdarişga çaqirdi. Eron esa öz navbatida himoyalanişga tayyorligini va hozirça muzokaralarni qayta boşlaşdan maʼno körmayotganini taʼkidlab kelmoqda.


×