Husanovning finaldagi öyini qanday baholandi?

Husanovning finaldagi öyini qanday baholandi?

22 mart kuni Londondagi “Uembli” stadionida “Arsenal” va “Mançester Siti” jamoalari örtasida Angliya Liga kubogi final bahsi bölib ötdi. Uçraşuvda Gvardiola boşçiligidagi şaharliklar 2:0 hisobida işonçli ğalabaga erişib, navbatdagi sovrinni qölga kiritdi.


Uçraşuvning birinçi bölimida hisob oçilmadi. Öyin taqdiri ikkinçi bölimdagi gollar evaziga hal böldi. Bahsning 60 va 64-daqiqalarida jamoaning yoş yulduzi Niko O’Rayli dublni rasmiylaştirib, raqib mudofaasini doğda qoldirdi. Şu tariqa, Husanovning jamoasi öz tarixida 9 marta uşbu kubokni boşi uzra kötardi.

Uşbu finalda Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov töliq 90 daqiqa harakat qildi. U markaziy himoyada işonçli va intizomli öyin namoyiş etib, jamoa ğalabasiga munosib hissa qöşdi.

“SofaScore” platformasi Husanovga 7.0, “FlashScore” 6.6, “WhoScored” 7.01 va “FotMob” 7.4 ball qöydi.


Teglar:
×