Xabaringiz bor, yaqinda Qarşi şahar davlat xizmatlari markazi binosidan tasvirga olingan video tarqaldi. Videodagi holat – iş vaqtida xodimlar kompyuter öyinlari bilan band bölgani keng muhokamalarga sabab böldi.
Bloger Otabek Artikov masʼullarga Counter-Strike öyini DXA kompyuterlariga qanday kirib qolgani böyiça savol berdi.
“Bizning oldimizga 2021 yil 1 yanvarga qadar FHDYO arxivini raqamlaştirişni yakunlaş vazifasi qöyilgan. Kompyuter jihozlari yetib kelgunga qadar, özaro kelişuv bilan xalq taʼlimi sohasidagi kompyuterlarni olib kelganmiz. U bizlarni kompyuterlar emas. 4 oy olik şartnoma bilan vaqtinça foydalanişga olganmiz. Bizda axborot tizimi bor va xavfsizlik taʼminlangan“,- deydi Davlat xizmatlari agentligi Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi boşliği Bahodir Mahmatqulov.
“Bu holat böyiça biz suriştiruv va tekşiruv ötkazganmiz. Özimizni holatga munosabatimizni bildirganmiz. Töğri savol qöydingiz. Men nimaga hududiy boşqarma oldin javob bersin deganim, bevosita bular şuni ustida turgan va içiga kirganligi uçun. Şu kompyuter vositalarini olib, işga tuşirişgaça bölgan vaqt oraliğida boşqa kompyuterlar işlatib turilgan paytda bu voqea bölgan“,- deydi Davlat xizmatlari agentligi direktori Uluğbek Muhammadiyev.
Agentlik direktori va hududiy boşqarma boşliğining bergan maʼlumotlariga tayanadigan bölsak, kompyuter öyinlari videotasviri davlat xizmatlari markaziga vaqtinça Xalq taʼlimi boşqarmasidan olib kelingan kompyuterlardan olingan.









