Özbekistondagi diniy erkinlik holati ijobiy baholandi

Özbekistondagi diniy erkinlik holati ijobiy baholandi

Özbekiston "Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar" röyxatiga kiritilmagan. Bu haqda Musulmonlar idorasi axborot xizmati xabar berdi.

Unga köra, AQŞ davlat departamenti tomonidan har yili “Xalqaro diniy erkinlik” töğrisidagi qonunga dunyo mamlakatlarining qay darajada amal qilib borayotgani monitoring qilib boriladi. Diniy erkinlik borasida ijobiy özgarişlar amalga oşirilmagan mamlakatlar “Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar” röyxatiga kiritiladi. 

Özbekiston mazkur röyxatdan 2020 yilda çiqarilgan. Joriy yilning 4 yanvar kuni, AQŞ Davlat departamentining rasmiy saytida ötgan 2023 yil natijalariga köra eʼlon qilingan rasmiy bayonotda Özbekiston “Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar” röyxatiga kiritilmagan.

“1998 yilda Xalqaro diniy erkinlik töğrisidagi qonun qabul qilingan va kuçga kirganidan beri din yoki eʼtiqod erkinligini taʼminlaş AQŞ taşqi siyosatining asosiy maqsadi bölib kelgan.
Uşbu maqsaddan kelib çiqqan holda Birma, Xitoy Xalq Respublikasi, Kuba, KXDR, Eritreya, Eron, Nikaragua, Pokiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmaniston kabi davlatlar diniy erkinlikning öta jiddiy buzilişiga yöl qöyganliklari uçun alohida taşvişli davlatlar sifatida baholandi. 
Bundan taşqari, Jazoir, Ozarbayjon, Markaziy Afrika, Qamar orollari va Vetnamni diniy erkinliklarning jiddiy buzilişida iştirok etayotgani uçun maxsus kuzatuv röyxatiga kiritilgan”, deydi AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken.


×