Husanovning “Tottenxem”ga qarşi öyini qanday baholandi?

Husanovning “Tottenxem”ga qarşi öyini qanday baholandi?

Keça, 1 fevral kuni Angliya Premer-ligasining 24-turi doirasida “Tottenxem” öz maydonida “Mançester Siti” jamoasini qabul qildi. Qiziqarli keçgan bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Mazkur uçraşuvda Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov töliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Uçraşuvning 11-daqiqasida Xolandning uzatmasidan söng Şerki hisobni oçdi. 44-daqiqada esa Semenoning goli evaziga mehmonlar hisobni 2:0 körinişiga keltirdi.

Ikkinçi bölimda “Tottenxem” faollikni oşirdi va 53 hamda 70-daqiqalarda Dominik Solanke tomonidan kiritilgan gollar hisobni tenglaştirdi. Yakunda tomonlar 2:2 hisobidagi durang natijaga rozi bölişdi.

Uçraşuvda töliq 90 daqiqa maydonda bölgan Abduqodir Husanovning öyini “Sofascore” naşri tomonidan 6,7 ball bilan baholandi. Himoyaçi öyin davomida paslarning 97 foizini aniq amalga oşirdi.

Mazkur bahs Husanov uçun “Mançester Siti” safida ketma-ket 8-uçraşuv bölib, ularning barçasida futbolçi asosiy tarkibda maydonga tuşdi va birortasida ham zaxiraga olinmadi. Joriy mavsumda “şaharliklar” safida biror futbolçi bu natijani takrorlay olmagan. Bungaça eng yaxşi körsatkiç Niko Gonsalesga tegişli bölib, u ketma-ket 7 uçraşuvda töliq 90 daqiqa harakat qilgan edi.

Maʼlumot uçun, ayni paytda “Mançester Siti” 47 oçko jamğargan holda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 2-örinni egallab turibdi.


Teglar:
×